“Real” Mbappening Frantsiya terma jamoasida o‘ynashini istamayapti

  • 31 avgust, 2024, 14:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Kilian Mbappe ko‘proq dam olish imkoniga ega bo‘lishi uchun Frantsiya terma jamoasining sentyabr oyidagi uchrashuvlariga bormasligini istayapti. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar tarqatdi. 

Mbappe “Qirollik klubi”ga 3 iyun kuni ko‘chib o‘tgandi. Hozircha, 25 yoshli hujumchi o‘zidan kutilgan darajada o‘ynay olmayapti. Bu Kilianning hali yuqori sport formasini tiklab ulgurmagani bilan izohlanmoqda. 

Kilian yozda Germaniyada o‘tkazilgan Evropa chempionatida burnini sindirib olgandi. Keyin Madridga ko‘chib o‘tdi va bu yoz etarli darajada hordiq chiqara olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!