“Real” Messining boshini egdi!

  • 16.02.2022 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvida PSJ o‘z maydonida “Real”ni 1:0 hisobida engdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni o‘yin yakunlanishi arafasida Kilian Mbappe kiritdi.

Lionel Messi “Real”ni “Barselona”da o‘ynab yurgan davrlaridan beri ashaddiy raqib sifatida biladi. Argentinalik yulduz Parijdagi uchrashuvda madridliklar darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Uning 11 metrdan tepgan to‘pini Tibo Kurtua qaytardi.

Messi “Real”ga qarshi ketma-ket sakkizinchi uchrashuvda gol ura olmadi va bu golsiz seriya davom etadigan bo‘ldi.

Etti karra “Oltin to‘p” sohibi so‘nggi bor “Qirollik klubi” darvozasini 2018 yilning mayida “barselona”da o‘ynab yurgan kezlari ishg‘ol qilgan edi. Umumiy hisobda Messi “Real”ga qarshi 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Mbappe bir zarba bilan Messidan zo‘rligini isbotladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!