"Real" Militao bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

  • 6 noyabr, 2023, 19:15
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao "qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, braziliyalik tez orada "qaymoqranglilar" bilan yangi kelishuv imzolaydi. Shartnoma 2028 yilning yoziga qadar tuziladi.

25 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohati tufayli butun mavsumni o‘tkazib yuborish xavfi bor. Biroq Madrid jamoasi rahbariyati Militaoga ishonadi va yangi shartnoma imzolashdan qo‘rqmadi.  

Eslatib o‘tamiz, Militao "Real Madrid"dagi faoliyati davomida klub miqyosida barcha mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!