
“Real” muhim yangilikni e’lon qilishga tayyorlanmoqda
Futbol jamoatchiligi “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferini qachon e’lon qilishini kutmoqda.
Aksariyat manbalar madridliklar 25 yoshli forvard bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolab bo‘lgani haqida anchadan beri ma’lumot tarqatib kelmoqda. Biroq bu masalaga klub ham, futbolchi ham oydinlik kiritgani yo‘q.
RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Kilian Mbappe transferini Germaniya mezbonlik qiladigan Evropa chempionati oldidan rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Qit’a chempionati joriy yilning 14 iyun kuni start oladi. Qolaversa, tomonlar PSJ va “Real” Chempionlar ligasidagi ishtirokini to‘xtatmaguncha transferni e’lon qilmaslik borasida kelishib olgani aytilmoqda.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoadagilarni mavsum yakunlanganidan keyin Kilian Mbappe kelishi haqida xabardor qilgan
Fikrlar