"Real" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!
Madridning "Real" klubi va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar “Evro -2020”da olgan jarohatidan to‘liq tuzaldi, deb xabar bermoqda jurnalist Mario Kortexana.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ayni damda Azar ortiqcha vazndan ham halos bo‘lgan va u hozirda “Real”ga kelganidan buyon eng yaxshi formada deb aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Azarni 2019 yilning yozida "Chelsi"dan 115 million evroga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
30 yoshli Azarning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar