"Real" muxlislari uchun bundan yomon xabar bo‘lmaydi

  • 19 mart, 2022, 18:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema "Barselona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. U jarohatdan tiklanishga ulgurmagani sabab shunday qarorga kelingan. 

Tecno

"Goal.com" nashriga ko‘ra, futbolchi boldir mushaklaridan olgan jarohati uning maydonga tushishi uchun to‘sqinlik qilyapti. Murabbiylar ham bu borada Karimning sog‘ligi bilan tavakkal qilmaslikni istamoqda.

El-klasikodan tashqari 34 yoshli forvard Frantsiya terma jamoasining Kot-d'Ivuar hamda JAR terma jamoalariga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Manbaga ko‘ra, u 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Chelsi"ga qarshi o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv 20-dan 21 martga o‘tar kechasi 01:00da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!