"Real" muxlislari uchun xushxabar
"Real" futbolchisi Marko Asensio Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat olgan edi. Shu sababli, bosh murabbiy Luis Enrike uni terma jamoa yig‘inidan ozod qildi.
Bugun tibbiy tekshiruvdan o‘tgan 24 yoshli vingerning ahvoli yaxshi ekanligi oydinlashdi. Markoning chap tizzasida paydo bo‘lgan shish yo‘qolgan va bu uning kelasi faoliyatiga ta’sir o‘tkazmasligi aytilmoqda. U o‘tgan mavsumning katta qismini aynan chap tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tkazib yuborgandi.
Tez kunlarda Asensio "Real" qarorgohiga qaytadi va yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettiradi.

Fikrlar