"Real" muxlislari uchun zo‘r yangilik!

  • 05.02.2022 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" hujumchisi Karim Benzema bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam bera oladi, deb xabar bermoqda Marca.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” vitse-sardori bugungi mashg‘ulotni qisman umumiy guruhda, qisman esa yakka tartibda o‘tkazgan. Qayd etilishicha, u 6 fevral kuni La Liga doirasida «Granada» bilan va 15 fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida PSJ bilan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Biroq, u PSJga qarshi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi uchun 12 fevralda "Vilyarreal"ga qarshi bo‘ladigan bahsda o‘ynamasligi mumkin.

Benzema joriy mavsum La Liganing 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!