“Real” muxlislari xavotirda: Bellingem Mbappe va braziliyalik yulduzlar bilan chiqishi olmayaptimi?

  • 18 sentabr, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi o‘zining Kilian Mbappe, Rodrigo Goes va Vinisius Junior bilan munosabatlari sovuq ekani haqidagi xabarlarga raddiya bildirdi.

Tecno

- Turli ijtimoiy tarmoqlarda men bilan Mbappe, Rodrigo va Vinisius orasiga sovuqchilik solishga qaratilgan xabarlarni ko‘rdim.

Yagona haqiqat shuki, biz nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham juda yaxshi do‘stmiz, - dedi Jud Bellingem.

Bellingem “Real”ga 2023 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan ko‘chib o‘tgandi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Jud jamoada darrov etakchilikni qo‘lga oldi. Angliyalik futbolchi 43 ta uchrashuvda 23 ta gol va 14 ta assist bilan “Real”ning Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!