“Real” nega Enco Fernandez transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi yozgi transferlar davrida “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezni sotib olmaslikka qaror qildi.
Jurnalist Ramon Alvaresning ma'lum qilishicha, madridliklar transfer haqidagi doimiy xabarlarga chek qo'yish maqsadida rasmiy bayonot ham chiqargan.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati argentinalik yarim himoyachini taktik jihatdan Federico Valverde va Jud Bellingemga mos kelmaydi, deb hisoblamoqda. Shuning uchun ham “Real” markaziy chiziqni aynan ushbu ikki futbolchi atrofida qurishni rejalashtirgan.
Transfermarkt portali Enzo Fernandezning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar