"Real" nega Rodri bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti?

  • 02.08.2026 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» Madrid yarim himoyachi Rodrining transferi bo‘yicha shoshilmayapti.

Madrid klubi rahbariyati hali ham «Manchester Siti» futbolchisini olishdan manfaatdor va o‘yinchining o‘zi ham jamoa almashtirish istagida ekani ma’lum. 

Cope nashri ma’lumoticha, «Qirollik klubi» hozircha «shaharliklar» Rodri o‘rniga yangi markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashini kutyapti. 

Shu bilan birga, jahon chempioni belidan olgan jarohatidan to‘liq tiklanish jarayonini davom ettirayotgani sabab, transferni tezlashtirish rejalashtirilmayapti. «Real» vakillari vaziyatga xotirjam yondashib, sabr bilan kutmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ehtimoliy kelishuv qiymati taxminan 65 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. 30 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili o‘z nihoyasiga yetadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!