"Real"ning eng qimmat futbolchisi ilk golini halok bo‘lgan singlisiga bag‘ishladi

  • 11.10.2026 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» (Madrid)hujumkor futbolchisi Yan Diomande jamoa safida urgan debut golini 2025 yilda vafot etgan singlisi xotirasiga bag‘ishladi.

Qizaloq bilan bog‘liq fojia yoshlar kechaliklaridan birida sodir bo‘lgan. 15 yoshli Roksananing ichimligiga noma’lum modda qo‘shib yuborilgani aytilmoqda. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga urinigan, ammo omad chopmagan.

Yan Diomandening aytishicha, Roksana uning eng katta muxlisi bo‘lgan. U doim akasiga ishonar, bir kuni u katta futbolda ulkan yutuqlarga erishishiga shubha qilmasdi.

«La Ligadagi ilk golim sen uchun, singlim. Sen abadiy qalbimsan», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.

AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlanishidan oz fursat oldin Diomande ijtimoiy tarmoqlarda singlisiga bag‘ishlab juda ta’sirli maktub yozgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!