“Real” nishonidagi Xoland “Barselona”ga o‘tishi kutilmoqda

  • 30.11.2020 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” tarkibida porlayotgan Erling Xoland “Real”ga nasib etmasligi mumkin. Chunki madridliklar bu transferni 2022 yilning yozida amalga oshirmoqchi.

Ungacha, norvegiyalik to‘purarni “Qirollik klubi”ning ashaddiy raqibi “Barselona” ilib ketishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” prezidentligiga nomzod hisoblangan Joan Laporta agar lavozimga saylanadigan bo‘lsa, jamoa tarkibini rotatsiya qilishi va yosh yulduzlar bilan to‘ldirishini aytmoqda.

Laporta birinchi bo‘lib,  Erling Xolandni olib kelishni mo‘ljallayapti. Ilgari ham “Barselona”ni boshqargan mutaxassis Xolandni Lionel Messining o‘rnini bosishiga ishonmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!