"Real" nishonidagi yulduzni "Barsa" ilib ketishi mumkin
So‘nggi paytlar "Manchester Siti"da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan Rahim Sterling faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchiga "Barselona"dan qiziqish bor. Kataloniyaliklar o‘z vingeri Usmon Dembele bilan shartnoma borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Agar frantsiyalik jamoa taklifiga rozi bo‘lmasa, Sterling varianti birinchi planga chiqadi.
Agar Dembele "ko‘k-anorranglilar" bilan qishgacha yangi bitim imzolamasa, Raxim yanvar oyidayoq Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Barchasi "Barselona" hamda Dembele o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq. Usmonning amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakunlanadi.
24 yoshli frantsiyalikka MYu, "Liverpul", "Chelsi" kabi klublardan qiziqish borligi aytilmoqda. Transfer narxi 90 million evroga teng bo‘lgan Sterlingga esa, "Real" xaridor.



Fikrlar