“Real” “ochko‘z” futbolchiga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi

  • 03.06.2022 14:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” o‘z safiga erkin agent sifatida Antonio Ryudigerni qo‘shib olgani rasman e’lon qilindi.

“Chelsi” germaniyalik himoyachini o‘z safida olib qolish uchun ancha kurashdi. Biroq, tomonlar maosh borasida kelisha olmaganidan keyin “aristokratlar” uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi.

Ryudigerga grand jamoalarning aksariyati qiziqish bildirdi. Lekin tajribali himoyachi maosh bo‘yicha talablarini tushirmadi. Nihoyat, “Real” unga ma’qul keladigan shartnoma taqdim qildi va yuqori saviyali himoyachiga ega bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar erkin agent sifatida kelgani uchun Ryudiger olilasi va agentiga 30-35 million  evro miqdorida bonus to‘laydi.

Futbolchining o‘zi soliqlardan tashqari yiliga 7 million evrodan maosh oladi. Agar jamoa bilan birga Chempionlar ligasi yoki Ispaniya chempionatida g‘olib chiqsa, qo‘shimcha bonuslar beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!