"Real" Odriosolani sotib olmoqchi

“Real Sosedat” klubi o‘ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosola Madridning “Real” klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Madridliklar 21 yoshli futbolchini yozda o‘z tarkiblariga qo‘shib olishmoqchi. Bu haqda As xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, Odriosolaning san-sebastyanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan va uning tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!