"Real" orzusidagi futbolchi uchun bir yulduzini qurbon qiladi
«Real Madrid» rahbariyati hali ham jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish rejasidan chekingani yo‘q. Ispaniya grandi bir qator yuqori darajadagi yarim himoyachilar bilan bog‘lanmoqda, ular orasida «Chelsi» tarkibida harakat qilayotgan Enzo Fernandez ham bor.
Diario AS nashri yozishicha, «Qirollik klubi» rahbarlari yaxshi tushunib turibdi: transfer bozorida qiymati 100 million yevro va undan yuqori bo‘lgan superfutbolchini olib kelish uchun avval jamoadagi qimmatbaho futbolchilardan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi.
Manbaga ko‘ra, sotilishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlar sifatida Eduardo Kamavinga, Orelien Tchuameni va Federico Valverde tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida «Real» bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo tayinlangan edi. Yangi murabbiy qo‘l ostida tarkib allaqachon jiddiy yangilanmoqda: jamoaga Denzel Dyumfris, Ibrohim Konate, Mark Kukurelya va Bernardu Silva kabi futbolchilar qo‘shildi.

Fikrlar