"Real" Osiyoning eng yaxshi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min "Real" Madrid klubi nishonida bo‘lib turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Real" hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir qator variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri - Son.
O‘tgan mavsum koreyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol hamda 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
O‘tgan mavsum u APLda 22 ta gol urdi va Muhammad Saloh bilan birgalikda Premer-liga "Oltin butsa"sini qo‘lga kiritdi. Son mazkur natijaga erishgan ilk osiyolik o‘yinchiga aylandi.



Fikrlar