
"Real" o‘z hujumchisini "Roma"ga taklif qilmoqda
"Real"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi" Yovichning xizmatlarini "Roma"ga taklif qilmoqda.
O‘z navbatida, rimliklar “Inter”ga o‘tayotgan Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda va Yovich bu borada ularga mos tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Luka Yovichni 2019 yil "Ayntraxt"dan 63 million evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar