"Real" o‘z yulduzi o‘rniga APLdan futbolchi oladi

  • 11 dekabr, 2021, 18:52
  • 1
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

"Qaymoqranglilar" yoshi tobora o‘tib borayotgan Kazemiroga o‘rinbosar izlayapti. "Naija" manbasi tarqatgan xabarda aytilishicha, "Lester" futbolchisi Uilfred Ndidi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Nigeriyalik yarim himoyachi "tulkilar" safida 2017 yildan beri harakat qilib keladi. U milliy terma jamoa safida 47 bor maydonga tushgan. 

Joriy mavsum 24 yoshli xavbek "Lester" libosida 17 o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javohir Fayziyev
12/12/2021 15:05
Realni tarkibida polne qoravoylar oʻyniykanda tez orada