
"Real" o‘z yulduzini 100 million evroga sotishga tayyor
Madridning "Real" klubi ushbu yozda Rodrigo Goesni qo‘yib yuborishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi. Klub 24 yoshli futbolchi uchun 100 million evro narx belgiladi. Unga Evropaning 3 ta grand jamoasidan qiziqish mavjud.
Xabarlarga ko‘ra, "Manchester Siti", PSJ hamda "Liverpul" jamoalari ushbu yozda hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rodrigo madridliklar safida muhim futbolchi bo‘lishiga qaramay, uning asosiy tarkibdagi o‘rni hozirgi paytda muntazam emas. Bundan tashqari, klub Xabi Alonsoning o‘yin uslubiga mos futbolchilarni olib kelish maqsadida vingerni sotish orqali etarlicha mablag‘ ishlab olmoqchi.
Ingliz grandi futbolchini Gvardiolaning tizimi uchun hujumni kuchaytirishda muhim figura sifatida ko‘rmoqda. "Liverpul" esa uni Darvin Nunesning o‘rniga olib kelmoqchi. PSJ hujum chizig‘i uchun tajribali futbolchi izlamoqda va bosh murabbiy Luis Enrike Rodrigoni ideal variant deb hisoblamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik forvard joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida jami 50 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol hamda 10 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Fubolchining ayni paytdagi narxi 100 million evroni tashkil qilmoqda.
Asqarbek G‘ofurov.
Fikrlar