“Real” o‘zi tarbiyalagan yulduzni ortga qaytara olmadyapti

  • 24.06.2026 18:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi va Italiyanning «Komo» jamoasi yarim himoyachi Niko Pasning transferi bo‘yicha haligacha kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqida Sky Sport Italia xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Italiya klubi 2024 yil yozida Ispaniya grandidan kelib qo‘shilgan yarim himoyachini o‘z safida saqlab qolishni istamoqda.

Shu sababli «Komo» madridliklar futbolchini 10 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini ishga tushirishini xohlamaydi.

O‘z navbatida, «Real» agar Italiya klubi Niko Pasni saqlab qolishni istasa, u holda uning to‘liq transferini amalga oshirishi kerakligini talab qilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari madridliklar 21 yoshli yarim himoyachini 60 million yevroga baholayotgani haqida xabar bergan edi.

O‘tgan mavsumda Pas barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!