
“Real” o‘zi uzoq kutgan futbolchidan yuz o‘girdi. Sababi ma’lum!
“Real” anchadan beri “Bavariya” qanot himoyachisi Alfonso Devisni transfer qilishga urinayotgan edi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, bu transfer barbod bo‘lish arafasida turibdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar kanadalik himoyachi o‘rniga tarkibdagi Ferlan Mendiga ko‘proq imkoniyat berishga qaror qilgan.
“Bavariya” o‘z himoyachisi uchun 50 million evro badal puli talab qilyapti. “Qirollik klubi” esa, xarajat qilmasdan, 28 yoshli Mendiga suyanish variantini ma’qulladi.
Fikrlar