“Real” o‘zi voz kechgan futbolchini qaytaradi
“Real”ning eng mashhur futbolchilaridan biri Marko Asensio jamoani tark etishi kutilmoqda.
Ispaniyalik universal o‘yinchi maydonda o‘ziga berilayotgan vaqtdan norozi va mavsum oxirida shartnomasi tugashi bilan klubni tark etadi.
Madridliklar Asensioni o‘rnini bosadigan ijrochi qidirmoqda. Nomzodlar orasida Braim Dias bor. Bu futbolchi asli “Qirollik klubi” a’zosi hisoblanadi va ayni paytda ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilmoqda.
“Milan”ning 23 yoshli Dias bilan ijara shartnomasi mavsum oxirigacha tuzilgan. Unga ko‘ra, milanliklarda yarim himoyachini 22 million evroga sotib olish huquqi bor. Agar A Seriya chempioni bu huquqida foydalansa, “Real” o‘z o‘yinchisini qayta sotib olish uchun 30 million evrodan voz kechishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar