"Real" Portugaliyadagi eng iste'dodli futbolchilardan biriga ko‘z tikdi
«Real» klubi «Portu» yarim himoyachisi Viktor Froxoldtga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida Sport.es sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining «Portu» bilan tuzgan shartnomasida 85 million yevro miqdorida to‘lov majburiyati (klausula) belgilangan.
Potentsial transferga qiziqish yanada kuchayishiga klub prezidenti Andre Villash-Boashning Madridga tashrifi ham sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga, hozircha uning safarini aynan Froxoldt bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘laydigan rasmiy ma'lumot yo‘q.
Daniyalik yarim himoyachi 2025 yil yozida «Kopengagen» klubidan «Portu» safiga 20 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u sakkizta gol urdi va yettita golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining portugaliyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar