
“Real” prezidenti sudlashib, bir evro yutib oldi!
“Real” prezidenti Florentino Peres Ispaniyadagi El Confidencial gazetasini sudga berib, sud jarayonini o‘z foydasiga hal qildi va bir evro undirdi.
Klub rahbari mazkur nashr uning suhbatlari tushirilgan audiofayllarni sizdirganlikda aybladi va bir evro to‘lanishini talab qildi.
Florentino Peres bu ishni pul uchun emas, balki printsip nuqtai nazaridan qilayotganini ko‘rsatish uchun gazeta tahririyatidan katta summa talab qilish imkoniyatidan foydalanmadi.
“Real” o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Shuningdek, joriy mavsumni UEFA Superkubogidagi g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar