"Real" prezidentligi uchun Peresga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 24 dekabr, 2019, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres 2021 yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan so‘ng ishsiz qolishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, “qirollik klubi” prezidentligi uchun yana bir jiddiy nomzod - biznesmen Visente Boluda ham paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tish lozimki, 64 yoshli Boluda “Real”ni avval ham boshqargan. Aniqrog‘i, 2009 yil Ramon Kalderon prezidentlik lavozimini tark etgach, ma’lum muddat madridliklarga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Peres “Real”ni 10 yildan buyon tinimsiz boshqarib kelmoqda. Aytish kerakki, 2013 va 2017 yilgi saylovlarda Peresga hech qanday raqobatchi bo‘lmagani bois u yagona nomzod sifatida uning prezidentlik muddati avtomatik tarzda 4 yilga uzaytirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!