“Real” pulni yig‘aver! Mbappe bilan kelishib olgan PSJ unga darrov narx belgiladi

  • 14 avgust, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati va hujumchi Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat barham topdi. 24 yoshli forvard o‘z printsiplaridan voz kechdi.

Tecno

Ma’lumki, Mbappe klub bilan kelasi yozda xayrlashmoqchi edi. Shu bois, avval kelishilgani yangi  shartnomani imzolashni istamadi.

PSJ ancha vaqt hujumchini fikridan qaytarishga urindi. Oxirida rahbariyat agar Mbappe keyingi yozda erkin agent sifatida ketadigan bo‘lsa, klub barbod bo‘lishini hujumchiga tushuntirishga majbur bo‘ldi.

Yangi kelishuvga binoan, Mbappe 2025 yilgacha shartnoma tuzadigan bo‘ldi. Unda kelasi yoz uni “Real”ga transfer qilish haqida band kiritiladi.

PSJ bu shartni qabul qildi. Endi Parij klubi rahbariyati kelasi yoz Mbappeni transfer qiladigan klub 200 million evro to‘lashi kerakligini ta’kidlamoqda. Demak, “Real” joriy mavsum tugaganidan keyin Mbappeni erkin agent sifatida qo‘lga kirita olmaydi. Aksincha, belgilangan badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!