“Real” Qatardan o‘yinchi topdi

  • 02.12.2022 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Benfika” va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

21 yoshli o‘yinchi Evropaning bir necha grand klubi nishonida turibdi. Ernandes uchun kurashga “Real” ham qo‘shildi.

Madridliklar maydon markazini kuchaytirish uchun “Borussiya”dan Jud Bellingemni olmoqchi edi. Lekin dortmundliklar angliyalik futbolchini 150 million evroga baholaganidan keyin “Qirollik klubi” undan voz kechdi.

Endi “Real” asosiy e’tiborini Entso Fernandesga qaratadi. Bu futbolchi ayni paytda Argentina terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!