“Real” rahbari “Barsa”ni yoqlab, La Ligani qattiq tanqid qildi

  • 13 avgust, 2022, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” prezidenti Florentina Peres ashaddiy raqib “Barselona”ga yangi o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazishga ruxsat bermayotgan La Liga rahbariyatini tanqid qilib, fikr bildirdi.

Tecno

- Tabiiyki, “Barselona” bu vaziyatni engib o‘tadi. Hayot davomida moliyaviy yaxshi va yomon vaziyatlar bo‘ladi, lekin “Barselona” dunyoning eng buyuk klublaridan ekanini inobatga olish kerak.

“Barsa” to‘lovlarni qilishga qodir. Ha, ular hozir qiyin vaziyatda, lekin buni to‘g‘rilaydigan mexanizmlar bor.

Barchamiz ispan futboliga foyda bo‘lishini istaymiz. La Liga klub qaysi o‘yinchini olish yoki olmasligini hal qiladigan darajaga etgan bo‘lsa, “Barselona”ning sport direktori vazifasini bajaraversin, - dedi Florentino Peres.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!