"Real" rahbariyati ayrim futbolchilarning o‘z pozitsiyalarida o‘ynamayotganidan norozi

  • 05.02.2026 22:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" rahbariyati ayrim futbolchilarni oʻzlariga xos boʻlmagan pozitsiyalarda maydonga tushirish amaliyotini maʼqullamayotgani xabar qilindi. Bu haqida "COPE" nashri maʼlumot tarqatdi.

Manbaga koʻra, klub rahbariyati soʻnggi vaqtlarda kuzatilayotgan bunday tendensiyani salbiy holat sifatida baholamoqda. Yaqinda "Rayo Valyekano"ga qarshi uchrashuvda Eduardo Kamavinga chap qanot himoyasida oʻynatilgani bunga yaqqol misol boʻldi. Holbuki, zahira oʻrindigʻida Fran Garsiya va Alvaro Karreras kabi shu pozitsiyada harakat qila oladigan futbolchilar bor edi.

Qayd etilishicha, Karlo Anchelotti davrida ham kuzatilgan bunday taktik yondashuv jamoa tarkibidagi ayrim oʻyinchilar oʻrtasida norozilik keltirib chiqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!