“Real” Ramos va Varan o‘rnini bosishga qodir zo‘r futbolchi topdi

  • 11 fevral, 2021, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Qirollik klubi” rahbariyati yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Serxio Ramos va Rafael Varan o‘rnini bosa oladigan himoyachi qidirayotgan edi.

Hozircha, madridliklar “Sevilya” safida ajoyib o‘yin namoyish qilayotgan Diego Karlos nomzodida to‘xtadi.

Braziliyalik himoyachini qo‘lga kiritish uchun “Real” ichki chempionatdagi raqobatchisiga yaxshigina summa to‘lashga rozilik bergan. 27 yoshli futbolchining  o‘zi ham yuqori maqsadlar sari kurashishga qodir jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Diego Karlos ikki mavsum davomida “Sevilya” uchun 44 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol ham urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/02/2021 21:58
2 Gallandni olib kelish kerak. Yuva Levirpulda .