
"Real" Rodrigo uchun eng "taqalgan" narx belgiladi!
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo kelajagiga oid muhim qaror ustida o‘ylanmoqda. "ESPN" nashrining xabariga ko‘ra, bir necha hafta avval braziliyalik futbolchining vakillari uning klubdan ketish ehtimoli mavjudligini ma’lum qilgan. Bu birinchi marta shunday ochiq bayonot qilindi — avvalgi paytlarda futbolchi faqat "Real"da qolishni istashi haqida gapirilardi.
Ayni paytda bir nechta vositachilar Rodrigoning ehtimoliy transferi ustida ish olib bormoqda. Hozircha hech qanday rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, biroq variantlar o‘rganilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" Rodrigo uchun 100 million evro atrofida talab qiladi. Lekin 80 milliondan kam narxga uni sotish niyati yo‘q.
Fikrlar