
"Real" Rodrigoni sotishga tayyor. Klub futbolchiga narx belgiladi
Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchi Rodrigoni sotishga qarshi emas. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, agar yaxshi taklif bo‘lsa, "qirollik klubi" 24 yoshli futbolchi bilan xayrlashishi mumkin.
Ayni paytda Rodrigo Angliya Premer-ligasining qator etakchi klublari e’tiborida. Xususan, avvalroq "Arsenal" va "Liverpul" tomonidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Real" futbolchi uchun 120–130 million evro atrofida kompensatsiya talab qilmoqda. Ta’kidlash joiz, Rodrigo "qaymoqranglilar" safida 2019 yildan beri to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchini 90 million evroga baholagan.
Fikrlar