“Real” Ronaldusiz nechta sovrin yutishi mumkin edi?

  • 23 mart, 2017, 22:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronaldu “Real”ga kelganidan buyon “Real” jami 10 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan. Biz esa Ronalduning gollari bo‘lmaganida “qirollik klubi” nechta sovrin yutishi mumkin bo‘lganini hisoblashga harakat qilib ko‘rdik.

Tecno

1. Ronaldu “Real” bilan ilk sovrinni 2011 yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda Krishtianuning yagona goli “Real”ning finalda “Barselona”dan ustun kelishini ta’minlagan edi.

2. 2011/12 yilgi mavsumdagi Ispaniya chempionligi. Hisoblab chiqsak, mavsum davomida agarda, Ronalduning gollari bo‘lmaganida “Real” 17 ochkoni qo‘ldan boy berishi mumkin edi va chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlashiga to‘g‘ri kelar edi.

3. La ligadagi ushbu g‘alaba jamoani Ispaniya Superkubogida o‘ynashini taqozo etar edi. Superkubokda “Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mahv etiladi. Qahramonimiz esa har ikkala o‘yinda ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ladi.

4. 2013/14 yilgi mavsumda “Real” chorak finalda Ronalduning gollari sabab ikki o‘yin natijasiga “Borussiya”ni mag‘lubiyatga uchratadi. “Santyago Bernabeu”da 3:0 hisobida yakunlangan o‘yin “arilar” darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan Ronaldu jarohat sabab javob bahsini o‘tkazib yuboradi. Javob uchrashuvida esa mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

5. EChLdagi g‘oliblik esa jamoaning UEFA Superkubogida ishtirok etishini ta’minlar edi. “Sevilya” bilan kechgan o‘yinda esa Ronalduning “dubl”i evaziga “blankoslar” navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritadi.

6. 2014 yilgi klublar o‘rtasidagi JChda “Real” g‘olib chiqadi. Bu turnirda jamoa albatta, EChLdagi g‘alaba evaziga ishtirok etgan edi.

7. O‘tgan mavsum EChL chorak finalida “Volfsburg” sal bo‘lmasa, “qirollik klubi”ni musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin edi. Ammo Ronalduning “xet-trik”i jamoani ushbu nufuzli musobaqada kurashni davom ettirishini ta’minlagan edi.

8-9. 2016 yilgi UEFA Superkubogi xamda klublar o‘rtasidagi JChdagi ishtirok ham aynan qaysidir ma’noda “Volfsburg” bilan bo‘lgan o‘yinga bog‘liq bo‘lganini ta’kidlash joiz.

Ronaldu jamoaga 2009 yilda kelgan bo‘lsa, faqatgina 1 marta umuman Ronaldusiz sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shanda Beyl xamda Di Mariyalar mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishgan edi.

Agarda bu mavsumni hisoblaydigan bo‘lsak, Ronalduning gollari bo‘lmaganida “Real” 12 ochko kam jamg‘argan bo‘lar edi va jadvalda karvonboshilik qilish tugul, 5-o‘rinda borayotgan bo‘lar edi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!