
“Real” Serxio Ramos o‘rniga undan zo‘r himoyachi topdi
“Real” rahbariyati “Yuventus”ning markaziy himoyachisi Matteys de Ligt transferiga qiziqish bildirmoqda. Madridliklar 20 yoshli niderlandiyalik futbolchini tajribali Serxio Ramosga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.
Madridliklar yaqin kelajakda bu futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor.
Shuningdek, Matteys de Ligtga madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona” ham ko‘z tikmoqda. Kataloniyaliklar bu futbolchi “Ayaks”da o‘ynab yurgandan buyon uni o‘z safiga chorlab kelmoqda.
De Ligtning turinliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga hali to‘rt yil bor.
Fikrlar