“Real”: Shu futbolchini sotib xato qildik

  • 21 oktabr, 2021, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” o‘tgan yoz klub tarbiyalanuvchisi Serxio Regilonni 30 million evro evaziga “Tottenxem”ga sotib yuborgan edi.

Tecno

Endi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan bu himoyachini zudlik bilan qaytarish lozimligini talab qilmoqda. Ma’lumki, Serxio Ramos va Rafael Varan ketganidan keyin madridliklar himoyada etarlicha muammoga duch kelmoqda.

Manbalarning xabar berishicha, Serxio Regilonning shartnomasida “Qirollik klubi” 45 million evro evaziga uni ortga qaytarishi haqida band kiritilgan. Klub xo‘jayinlari aynan mana shu band orqali Regilonni yana Madridga olib kelishi mumkin.   

Regilon “Tottenxem”ga kelishi bilan asosiy tarkibga kirdi va jamoaning etakchilaridan biriga aylandi. Joriy mavsumda ispaniyalik himoyachi londonliklarning birorta uchrashuvini o‘tkazib yuborgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!