“Real” “Siti”dan cho‘chiyapti
Kelasi yoz bozori eng ko‘p qaynaydigan futbolchi “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem bo‘ladi.
Hozirning o‘zida bu o‘yinchiga bir necha grandlar og‘iz solmoqda. Asosiy da’vogar sifatida “Real” e’tirof etilyapti.
Biroq, madridliklar o‘z maqsadiga etishi uchun Angliya klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Real” rahbariyati Bellingem uchun kurashda “Manchester Siti” asosiy raqobatchi ekanidan cho‘chimoqda. Bu klub o‘zi istagan futbolchini olishni biladi. Misol tariqasida Erling Xolandni keltirish mumkin.
Norvegiyalik hujumchi sobiq jamoadoshi bilan birga o‘ynash istagini bildirmoqda. Xoland manchesterliklarga 19 yoshli Bellingemni olishni tavsiya qilgan. O‘z navbatida, norvegiyalik yulduz Judning tanloviga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar