
“Real” skautlari Qatarda bir futbolchini jiddiy kuzatadi
“Chelsi” va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Kay Xaverts “Real”ning nishoniga tushdi.
Madrid klubi mutasaddilari jamoa skautlariga Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati mobaynida germaniyalik futbolchining harakatarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni tayinlagan.
“Chelsi” Xavertsni 2020 yili “Bayer”dan 80 million evroga transfer qilgan edi. 23 yoshli futbolchi Angliya futboliga to‘liq moslasha olgani yo‘q.
Xususan, joriy mavsumda ham Kay Xaverts barcha turnirlarda 20 ta bahsda ishtirok etib, atigi to‘rtta gol urdi.
Fikrlar