
"Real" Son Xin Minni Madridga olib kelmoqchi
Madridning "Real" klubi "Tottenxem" hujumchisi Son Xin Minning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” o‘tgan yoz “Ayntraxt”dan sotib olingan serbiyalik hujumchi Luka Yovichning o‘yinlaridan norozi bo‘lmoqda va 27 yoshli koreyalik futbolchini aynan uning o‘rniga olib kelmoqchi.
“Real” Son uchun “shporlar”ga 80 mln evro taklif qilishga tayyor. U joriy mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar