"Real" so‘nggi daqiqalarda gol urishga "usta" bo‘lib ketyapti

  • 20.09.2021 18:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha “Real” La Liganing 5-turi doirasida safarda “Valensiya” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, “qirollik klubi” o‘yinning 86-daqiqasiga qadar 1:0 hisobida ortda borayotgan edi, biroq 86-daqiqada Vinisius Junior va 88-daqiqada Karim Benzema tomonidan kiritilgan tezkor gollar evaziga Madridga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki, “Real” joriy mavsumda kiritgan 16 ta golning 6 tasini (37,5%) 85-daqiqadan so‘ng kiritgan.

“Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 13 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti jamoasi keyingi uchrashuvni Madridda “Malorka”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!