
"Real Sosedad" yarim ximoyachisi: "Bu borada muammo yo‘q"
Rossiya milliy terma jamoasi va Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi futbolchisi Arsen Zaxaryan ispan tilini o‘rganish jarayoni haqida to‘xtalib o‘tdi.
- Yangi muxit va sharoitga qanday qilib moslashyapsiz?
- "Hammasi yaxshi, men bunga ancha ko‘nikib va o‘rnashib oldim. Butun shaharni bilaman. Hozircha hammasi joyida. Men ispan tilini o‘rganyapman va allaqachon ko‘p narsani tushunaman. Men yigitlar bilan ko‘proq ingliz tilida muloqot qilaman. Lekin menga hamma narsani 100% tushunish uchun ispan tili kerak. Hazillar, murabbiylar bilan muloqot va hokazo. Men barcha yigitlar bilan yaxshi gaplasha olaman. Mashg‘ulotdan so‘ng ham yig‘ilishimiz va biroz suxbat qurishimiz mumkin. Ya’ni bunda hech qanday muammo yo‘q", - dedi yarim himoyachi.
Fikrlar