
“Real” super yulduz masalasini qanday hal qildi?
“Real” yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Madridliklar anchadan beri “Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgan edi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” 26 yoshli himoyachi masalasini hal qilib bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, angliyalik himoyachiga to‘rt yillik shartnoma va shartnoma imzolagani uchun katta miqdorda bonus ajratiladi.
Ispan matbuoti Trent madridliklar bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida ma’lumot chiqarmoqda.
“Liverpul” mutasaddilari esa, hali Trent birorta klub bilan rasmiy muzokaraga kirishmaganini ta’kidlayapti.
Aleksander-Arnoldning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Tomonlar hali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelashuvga erishgani yo‘q.
Fikrlar