"Real" super yulduzdan voz kechdi

  • 5 iyun, 2022, 11:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun transferga qo‘l urmoqchi.

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" bu borada Pol Pogba variantidan voz kechdi. Karlo Anchelottiga yosh, harakteri og‘ir bo‘lmagan futbolchi kerak. Pogba uning talablariga mos kelmaydi.

"Qirollik klubi"ning asosiy maqsadi "Monako" a’zosi Orelen Chuameni bo‘lib turibdi. Pol esa, o‘z omadini Turindan izlab ko‘rishi mumkin. Boisi, "Yuventus" unga ko‘p yillik shartnoma, yuqori maosh hamda 10-raqamni taklif etyapti.

29 yoshli yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdi. U mankuniyaliklar tarkibiga 2016 yilda aynan "keksa senora" safidan kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!