“Real” superfutbolchi bilan muzokara o‘tkazyapti

  • 25.06.2026 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” klubi kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida argentinalik yarim himoyachi Enzo Fernandesni sotib olish ustida ish olib bormoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs ma'lum qilishicha, madridliklar futbolchining vakillari bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Argentinalik yarim himoyachi ham “Chelsi”ni tark etib, “Real” libosini kiyish istagini yashirmayapti.

Hozircha “Chelsi” rasmiy taklif olmagan, ammo manbalar bunday taklif yaqin vaqtda bo'lishini tasdiqlamoqda.

London klubi 25 yoshli futbolchini 120 million funt sterling (taxminan 140 million yevro) miqdorida baholamoqda. Madridliklarning yangi murabbiyi Joze Mourinyo ham  Entsoni jamoada ko'rishni istaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!