
“Real” superhujumchini ko‘zladi
“Real” hamon Karim Benzema o‘rnini egallashga qodir hujumchi qidirmoqda. Evropa matbuoti anchadan beri turli nomzodlarni ilgari surmoqda.
Xususan, taniqli insayder Fabritsio Romano madridliklar “Liverpul” bilan xayrlashgan Roberto Firminoga jiddiy qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti braziliyalik yulduzga shaxsan qiziqish bildiryapti.
31 yoshli futbolchi yangi jamoaga bepul tushadi. U erkin agent maqomini oldi. Shunday bo‘lsa-da, “Real” rahbariyati Karlo Anchelotti ilgari surayotgan Firmino nomzodi bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Fikrlar