"Real" superyulduzdan umid uzdi

  • 16.11.2021 15:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland faoliyatini boshqa kuchliroq jamoada davom ettirishga yaqin turibdi. Unga APL klublari asosiy da’vogar.

"El Chiringuito" nashrining xabar berishicha, norvegiyalikni sotib olishni istagan "Real" bu maqsadidan qaytgan. Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Xoland Premer-liga klublaridan birini tanlaydi, deb o‘ylamoqda.

Avvalroq, "qaymoqranglilar" yozgi transfer oynasida Xoland va Mbappeni sotib olishga harakat qilishi aytilgandi. Erlingga "tumanli albion"dan "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari qiziqish bildirgan. 

Ma’lumot uchun, 21 yoshli hujumchining transferi 150 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!