"Real" tarbiyalanuvchisini Xitoyga chorlashmoqda

  • 14 oktabr, 2019, 20:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

“Napoli” klubi vingeri Xose Kalexon faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Italiya nashrlarining yozishicha 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Dalyan Ifan" klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, xitoyliklar unga 3 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro va’da qilishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, "Dalyan Ifan" klubini ayni damda ispaniyalik mashhur mutaxassis Rafael Benites boshqarmoqda. Aynan uning o‘zi Kalexonga shaxsan qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, “Real” Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Xose Kalexonning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!