"Real" Trentdan umidini uzishi mumkin. Sababi...

  • 18 oktabr, 2024, 14:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi va jamoa vitse-sardori Trent Aleksander-Arnold mersisaydliklar safida qolishni istamoqda, deya xabar beradi jurnalist Deyv Okop o‘z saytida. Oldinroq, ingliz futbolchisi kelasi yozda erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Aleksandr-Arnold "Liverpul" rahbariyatidan unga yangi shartnoma bo‘yicha foydali taklif bilan chiqishini kutmoqda. Ayni damda bu borada muzokaralar davom etmoqda va har ikki tomon ham kelishuvga erisha olishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr-Arnoldning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan. 26 yoshli Trent mersisaydliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt Aleksandr-Arnoldning bozordagi transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!