"Real TV" hakamlarni tanqid qildi: "Nima uchun Rodrigoga penalti berilmadi?"
Madridning "Real" klubi 8-tur doirasida "Vilyarreal"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvning so‘nggi daqiqalarida "Real" vingeri Rodrigo raqib himoyachisi Rafa Marin bilan bo‘lgan kurashdan so‘ng jarima maydonida yiqilgan, ammo hakam Gilermo Kuadra Fernandes bu vaziyatda qoidabuzarlik ko‘rmagan.
Klubning rasmiy telekanalida ushbu qaror qattiq tanqid qilindi.
"Rodrigo penalti belgilashni so‘rayapti, ammo uni rad etishyapti, chunki ular allaqachon bitta penalti belgilashgan. Ikkita penaltini qanday belgilashlari mumkin? Ular rostdan ham takrorni ko‘rmaslikka qaror qilishdimi? Agar bu haqiqatdan ham penalti bo‘lsa, kerak bo‘lsa ettita penalti belgilash kerak. Ba’zan men hech narsani tushunmayman. Aynan Rafa Marin aloqani boshlagan, menimcha, bundan aniqroq narsa yo‘q.
Bu penalti belgilangandan ko‘ra ham aniqroq. Rodrigo bilan bo‘lgan holat juda g‘azabli edi. Nima uchun penalti belgilanmagani tushunarsiz. Kadrda kontakt yaqqol ko‘rinadi. Agar men hakamlikni o‘rganganimda, menga bu penalti ekanligini aytishgan bo‘lardi. Bugungi kunda Madrid foydasiga uchta penalti belgilash mumkin emas." — dedi klub telekanali boshlovchisi.




Fikrlar